Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

  •  2025-10-21
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ston tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.F.” fermer xo‘jaligi rahbari U.N. va boshqalar umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida hisoblagichdan tashqari ulanib, 279,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Yangibozor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Q.B. xonadonida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 118,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.