Yangibozorlik fuqaro xorijga chiqish uchun 130 mln. so‘m aliment to‘ladi
- 2025-07-22

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 11.09.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.O‘.dan R.S. foydasiga uch nafar yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Ota aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan ota uch nafar farzandlarining moddiy ta'minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lab berish istagini bildirgan.
Shunga ko‘ra, qarzdor va undiruvchining o‘zaro kelishuviga asosan, voyaga yetmagan uch nafar farzandlar to ular voyaga yetguniga qadar bo‘lgan davr uchun 130,0 mln. so‘m miqdorida aliment pullari undirilib berilishi ta'minlandi.