Xorazm viloyatida ilk marta mustaqil ravishda buyrak ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

  •  2025-07-19
Xorazm viloyatida ilk marta mustaqil ravishda buyrak ko‘chirish amaliyoti o‘tkazildi

Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan viloyatimizda ilk bor mustaqil ravishda buyrak ko‘chirish jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu operatsiya markazning qon tomir xirurgiyasi bo‘limida, qon tomir xirurgi M. Sobirov rahbarligida A. Rahimov, S. Tajievlar ishtirokidagi jamoa tomonidan amalga oshirildi. Noyob jarrohlik amaliyoti mahalliy mutaxassislar tomonidan o‘tkazilish muhtaram Prezidentimizning tibbiyot sohasida olib borayotgan keng qamrovli islohotlarining yorqin samarasidir. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar jadal rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Ayniqsa, viloyat va tuman darajasida yuqori malakali tibbiy xizmatlarning joriy etilayotgani aholi salomatligini muhofaza qilishda  muhim omil bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi amaliyotlar shu paytga qadar respublika markazlari mutaxassislari bilan hamkorlikda bajarilar edi.