❗️Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi
- 2025-06-16

Bu haqda Mirziyoev videoselektor yig‘ilishida ma'lum qildi.
Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qilishi belgilandi.
“Hokimlar bir narsani tushunib olsin, bugun tug‘ilgan muammoni keyingi kunga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Murojaatni boshqa idoraga yubormasdan shu yerning o‘zida hal qiladi”, - dedi prezident.
Buning uchun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi.