Ellikqal'a tumanida aniqlangan yashirin sexdan 2 ming donadan ziyod qalbaki aktsiz marka olindi

  •  2025-10-13
Ellikqal'a tumanida aniqlangan yashirin sexdan 2 ming donadan ziyod qalbaki aktsiz marka olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.R. va S.K. Ellikqal'a tumani “Mustaqillik” OFY hududidagi xonadonda yashirin ravishda qo‘lbola usulda alkogolь mahsulotlari ishlab chiqarganliklari aniqlanib, ulardan 2 215 dona qalbaki aktsiz marka, 1 357 dona qopqoq, 2 800 dona sellofan qadoqlar, 1 539 dona lenta, 700 dona bo‘sh shisha idishlar, 205 dona qo‘lbola alkogolь mahsulotlari, 6 dona ampitsillin dori vositasi va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.


Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.