Bog‘chalarda oziq-ovqat "o‘g‘irlanishimi" Biz shuning uchun bolalarimizni bog‘chaga beramizmi?
- 2025-10-14

"Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan videolavhalar har bir onaning va otaning yuragini g‘ash qildi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida (bog‘chalarda) bolajonlarga ajratilgan ovqat me'yorlari qisqartirilib, taomning sifati yomonlashayotgani aks etgan bu videolar, ota-onalarning "Biz shuning uchun pul to‘laymizmi?" degan haqli savolini o‘rtaga tashladi.
Axir, biz farzandlarimizni bog‘chaga berishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ularga nafaqat bilim va tarbiya berish, balki ularning to‘liq, sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini ta'minlashdir. Ota-onalar to‘layotgan har bir so‘m farzandining farovonligi uchun ishlatilishiga ishonadi. Ammo bu kadrlar bizning bu ishonchimizni poymol qilmoqda.
Kim bu vaziyatni to‘liq va vijdonan tekshiradi? Agar mablag‘lar oziq-ovqatga ajratilgan bo‘lsa, nega ular bolalarning dasturxoniga yetib bormayapti? Bu holat shunchaki beparvolik emas, balki bolalar sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yuvchi, moddiy o‘zlashtirishga olib keluvchi jinoiy ehtimoldir.
Biz yuqori turuvchi tashkilotlardan (MMTV, Prokuratura) zudlik bilan munosabat kutib qolamiz va ushbu mavzuni rasman e'lon qilishni talab qilamiz. Tekshiruv natijalari shaffof bo‘lishi, aybdorlarning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi shart. Bunday fojiali holatlarga yo‘l qo‘yganlar qat’iy jazolanib, bog‘cha tizimidagi nazorat mexanizmlari tubdan qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Farzandlarimizning sog‘lig‘i va kelajagi biz uchun eng ustuvor masala!"