Videoselektorda davlat xodimining nojo‘ya harakati holati kuzatildi va u ishdan olindi

  •  2025-07-25
Videoselektorda davlat xodimining nojo‘ya harakati holati kuzatildi va u ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan holat – davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga zid harakati yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Vazirlik o‘z tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qilishini bildirgan.