🎓 “Media School” — kelajak jurnalistlari uchun imkoniyat makoni! 🚀

  •  2025-10-26
🎓 “Media School” — kelajak jurnalistlari uchun imkoniyat makoni! 🚀

“Media School” har yili 3 moduldan iborat o‘quv dasturini o‘tkazadi. Hozirda ushbu maktabning 2-moduli bo‘lib o‘tmoqda — bu bosqichda ishtirokchilar jurnalistika va mediamenejment yo‘nalishlarida yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishmoqda.

Bu maktab nafaqat nazariyani, balki amaliyotni ham chuqur o‘rgatadi. Har bir darsda o’quvchilarga haqiqiy media muhitda ishlash, kreativ fikrlash va zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Eng quvonarli jihati shundaki, bu yilgi ishtirokchilar orasida bizning 1gap.uz saytimizdan muxbiri Ahror Po‘latov ham qatnashmoqda! 🎉 Bu biz uchun faxr va katta ilhom manbai.

Ahror va barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va ilhom tilaymiz!
Har bir modul — yangi bosqich, yangi tajriba va yangi natijalar sari qadam! 💪✨