Buxoroda 5 ishchi kanalizasiya quvuriga oqib, halok bo‘ldi

  •  2025-09-05
Buxoroda 5 ishchi kanalizasiya quvuriga oqib, halok bo‘ldi

Joriy yilning 4 sentyabr' kuni soat 12:02da Buxoro viloyati FVV tomonidan, Buxoro viloyati IIB “102” qisqa raqamiga, Buxoro tumani “Bog‘idasht” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Markaziy kanalizasiya quvuriga, Buxoro shahar 7-mikrorayonda qurilayotggan yangi ko‘p qavatli uylarning kanalizasiya quvurlarini ushbu markaziy quvurga ulayotgan 5 nafar ishchilari ehtiyotsizligi oqibatida quvurga tushib ketganligi to‘g‘risida xabar berilgan.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida, joriy yilning 4 sentyabr' soat 12:00larda “Fayz binokor Oltiariq” MChJning jami 5 nafar ishchilari tomonidan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hududdan o‘tgan kanalizasiyani ta'mirlash jarayonida, “O‘rta Osiyo qurilish” MChJga qarashli Kamaz rusumli davlat raqam belgisi 80 411 JBA bo‘lgan kran haydovchisi tomonidan hajmi 1000 diametr, chuqurligi 8 metr bo‘lgan mazkur kanalizasiyaga yangi qazilgan kanalizasiyani birlashtirish (ulash) uchun ichki tomondan tuynuk ochish maqsadida  Buxoro viloyati Suv va oqava ta'minoti bo‘yicha injinering kompaniyasining ruxsatsiz qopqoqni joyidan ochib, olib qo‘yilishi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganligi sababli, 5 nafar ishchilar ushbu kanalizasiyaga tushib ketib, kuchli oqim tufayli oqib ketishgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida, Buxoro tumani Zarmanoq MFY hududidan o‘tuvchi oqova suvlarni uzatgich punktidagi quvurlar ichidan 3 nafar fuqarolarning jasadlari topilgan. Qolgan 2 nafar fuqarolarni topish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.