Havo tarmog‘ini ta’mirlash ishlarida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan brigada ish joyidan chetlatildi
- 2025-10-02

O‘zenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarida inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Nukus shahrida 0,4 kVli havo tarmog‘ida SIP kabellarni tortish ishlarini olib borayotgan brigada ish joyini tayyorlamamagan holda xavfsizlik texnikasi qoidalariga zid ravishda ishlayotganligi aniqlandi.
1️⃣Mazkur holat yuzasidan brigada ish joyidan chetlashtirildi.
Ma’lumot o‘rnida: Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etmasdan ishlarni tashkil etish baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.