❗️Jizzax viloyati Forish tumanida 37 nafar bolalar bog‘chadagi ovqatdan zaharlandi

  •  2025-10-10
❗️Jizzax viloyati Forish tumanida 37 nafar bolalar bog‘chadagi ovqatdan zaharlandi

9 oktyabrь kuni Forish tumanidagi 1-, 3-, 5- va 7-sonli davlat bog‘chalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga murojaat qildi.

Bolalarda isitma, qorin og‘rig‘i, ich ketish va holsizlik belgilari kuzatilgan. Tibbiy tekshiruvlar natijasida ularga “o‘tkir diareya” tashxisi qo‘yildi.

Epidemiologik surishtiruvga ko‘ra, zaharlanish 8 oktyabrь kuni bog‘chalarda berilgan biokefir, sir va sariyog‘ mahsulotlaridan keyin sodir bo‘lgan. Sanitariya talablariga rioya qilinmagani — ya'ni ovqat mahsulotlarini tashish va saqlashda qoidalar buzilgani aniqlangan.

⚖️ Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.