Xorazmda katta loyihalar amalga oshiriladi.
- 2025-09-13

▪️Xususan Janubiy Koreyaning 100 million dollar investisiyasi hisobidan Urganch tumanida chiqindi yoqish orqali elektr energiyasi olish loyihasi mo‘ljallangan.
▪️Shuningdek Avstraliya kompaniyasi 820 million dollar investisiya kiritib, Tuproqqal'a tumanida 600 ming tonna ekologik toza aviasiya yoqilg‘isi va 50 ming tonna “yashil dizel” ishlab chiqarish taklifini bildirgan. Korxona ehtiyoji uchun 5,5 ming gektarda 4 gigavatt quyosh panellari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
▪️Bundan tashqari Slovakiya korxonasi 170 million dollar hisobiga Tuproqqal'a tumanida 5 ming gektarda raps yetishtirib, bioyoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi qurishni rejalashtirgan.
▪️Umuman Xorazmda 2 milliard 400 million dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan. Shuningdek, shahar va tumanlarning qo‘shimcha imkoniyatlari hisobidan yana 86 million dollarlik istiqbolli loyiha va tashabbuslar shakllantirilgan.
▫️Bu haqida Davlatimiz rahbariga Xorazm viloyatida yangi rejalar yuzasidan berilgan axborotda ko‘rsatilgan.